Xo’ja Rushnoi arxeologik yodgorligida dastlabki tadqiqotlar 2023-yilgi qazishmalar mavsumida Samarqand arxeologiya institutining A. Raimqulov boshchiligidagi guruhi tomonidan amalga oshirildi. Ushbu tadqiqotlar jarayonida Xo’ja Rushnoi yodgorligi so’ngi chig’atoylar va temuriylar davriga oid qishloq ekanligi aniqlandi. O’tgan yilgi tadqiqotlar jarayonida qishloqda ikkita qurulish davri mavjud ekanligi aniqlandi va dastlabki qurulish davriga oid 4 ta xona yodgorlikdagi 1- va 4-tepaliklarda ochib o’rganildi. Biroq, so’ngi qurulish davri yuzaga yaqin bo’lganligi uchun butun arxetektura qoldiqlari topilmagan edi. Yodgorlikda tadqiqot ishlari 2024-yilning may oyidan boshlanib bugungi kunda ham davom etmoqda. Tadqiqotlarimizning ikkinchi mavsumida yodgorlikning davriy xranologiyasiga aniqlik kiritish maqsadida 33-tepalikda strategrafik shurf tashlandi va yodgorlikda ikkita qurulish davri mavjud bo’lganligiga ishonch xosil qilindi. Bundan tashqari 32 tepalikda planagrafik tadqiqot ishlari amalga oshirilib bu yilgi qazishmalarimiz uchun asosiy yangilik bo’lgan ikkinchi yani so’ngi qurulish davriga oid 5 ta xona kompleks holatida ochildi. Kompleksdagi xonalarning ikkitasi yotoqxona, hammom, xo’jalik xonasi va mehmonxona vazifalarini o’tagan. Birinchi qurulish davriga oid o’tgan yili ochilgan kompleksda mehmonxona va hammomga o’xshash xonalar mavjud emas edi. Biz tashnov ochilgan xonani hammom deyishimizga asos tashnovga tutash qilib o’choq ham qurulgan. Mehmonxona deb atalayotgan xonaning boshqa yotoqxonalardan farqli jihati ganch qo’shilgan qum bilan yupqa qilib devor va poli suvalgan. qolgan xonalarning devorlari esa somonli loy bilan suvalgan. Kompleksning sharqiy tashqi tomonidan badrab o’rni ham aniqlanib bu yilgi yangiliklarimizdan biri bo’ldi. Bundan tashqari mehmonxona deb atalayotgan xonada ikkita sandal o’rni ham aniqlanib, yodgorlikda yashagan insonlarning qanday isitish tizimidan foydalangan, – degan savolga ham aniqlik kiritildi. Tadqiqot ishlari davom etmoqda.


