
2024 yil 25 aprel kuni Boshqirdiston Respublikasi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori, Rossiya ICOMOS Milliy qo’mitasining mintaqalar bilan ishlash bo’yicha vitse-prezidenti Gaynullin Danir Axmadeyevich. “Shulgan-Tosh g‘ori” tarixiy-madaniy muzey-qo‘riqxonasi direktori – Malikov Favzil Alferovich, “Arxtamga” ekspert-konstruktorlik byurosi bosh direktori – Alibayev Rustam Ildarovich, Boshqirdiston Respublikasi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish markazi mutaxassisi – Sharafutdinova Aygul Axmadeyevnalardan iborat bir guruh mutaxassislar Samarqand arxeologiya institutiga tashrif buyurib, institut olimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida soha mutaxassislari tarixiy madaniy meros ob’yektlarini saqlash, ularni muzeylashtirish borasi fikr almashishdi. Shundan so’ng Institut direktori M.Saidov mehmonlarni Institutning ichki imkoniyatlari, ilmiy tadqiqotlar natija va yangiliklari, laboratoriyalar faoliyati bilan tanishtirdi.

