Samarqand–Koreya Hamkorligi Doirasidagi O‘quv Seminarlarining Faol Ishtirokchilari Sertifikat Bilan Taqqdirlandi

Uncategorized

Samarqand arxeologiya instituti va Koreya Respublikasi Koreya Meros Agentligi (KHA) hamkorligida amalga oshirilayotgan “Samarqand madaniy-turistik resurslarini rivojlantirish va salohiyatini oshirish” (2022–2026) nomli ODA loyihasi doirasida 2025-yil davomida tashkil etilgan o‘quv seminarlarining faol ishtirokchilari uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rahbariyati, Koreya Meros Agentligining loyiha bo‘yicha mas’ul mutaxassislari, seminar trenerlari hamda amaliyotchilar ishtirok etdilar. Sertifikatlar arxeologiya, konservatsiya-restavratsiya, GIS texnologiyalari, laboratoriya tahlillari hamda madaniy merosni boshqarish yo‘nalishlarida malaka oshirgan tinglovchilarga topshirildi.

Shu bilan birga, loyihaning 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan Workshop tadbiri ham o‘tkazildi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

yil davomida amalga oshirilgan ilmiy-amaliy faoliyat natijalari;

Koreya Meros Agentligi ekspertlari ishtirokida tashkil etilgan texnik o‘quv dasturlarining samaradorligi;

O‘zbekiston va Koreya tomonlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik istiqbollari;

loyihaning 2026-yilgi ish rejalari va yangi tashabbuslar.

Workshop yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va Samarqandning tarixiy-madaniy merosini chuqur o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha yo‘nalishlar belgilab olindi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *