Buxoro tarixi masalalari (eng qadimgi davrdan hozirgacha) mavzusidagiilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Uncategorized

Joriy yilning 25 avgust sanasida Buxoro davlat universitetining islohotlar zalida Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti Buxoro filiali tashabbusi bilan  “Buxoro tarixi masalalari (eng qadimgi davrdan hozirgacha)” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bir necha muassasalar, jumladan Yaxyo G‘ulomov nomidagi Arxeologiya instituti, Buxoro davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasidan vaqillar qatnashishdi. Tadbirni Arxeologiya instituti Buxoro filiali rahbari Behruz Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, BuxDU Tarix va yuridik fakultet dekani Abdurahim Boltayev, Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi mudiri Farrux Temirov ham Buxoro tarixini o‘rganishda arxeologik izlanishlarning o‘rni haqida nutq so‘zladilar.

Osiyo xalqaro universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i – Suxrob Babayev “Soxraneniye i dokumentirovaniye traditsionnix domov i maxalley v istoricheskom Sentre Buxari” mavzusida dolzar muammo, yaʼni Buxoroning eski shahar qismidagi qadimgi uylarning saqlanib qolishiga oid qimmatli faktlar bilan bo‘lishdi. Uylarning interyer o‘zgarishlari va bunga sabab, uylarni asl va milliy holida saqlab qolishga doir o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Buxoro arxeologiyasiga sezilarli hissa qo‘shgan olima, muzey faxriysi, BuxDU Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi o‘qituvchisi Maxsuma Niyazova “Srednevekoviye kolsa iz okrugi Varaxshi kak istochnik po istorii materialnoy kulturi Buxarskogo oazisa” nomli maʼruzasida Buxorodagi qadimgi manzilgoh, Buxorxudotlar saroyi Varaxsha va uning atroflaridan topilgan taqinchoqlar va ularning xususiyatiga to‘xtalar ekan, ularning muqobil shakldagi namunalari Poykend va Panjikent yaqinidan topilganligiga alohida urg‘u berib o‘tdi.

Konferensiyaning asosiy qismi shu bilan yakunlangach, qizg‘in munozaralar va savol-javob qismiga o‘tildi. Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblarni olishdi. Kelgusida bunday konferensiyalarni xalqaro miqyosda amalga oshirishga kelishib olindi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *