Tumanimizning Toshko‘prik mahallasida joylashgan umumiy maydoni 100 gektarni tashkil qiladigan qadimiy yodgorlik Rabinjon shahri xususida xabar qilgan edik.
O‘tgan 2023-yilda Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutining arxeologlari tomonidan yodgorlikning shahriston va rabod qismlarida qazishma ishlari olib borilgan. Maʼlum sabablarga ko‘ra, arxeologik qazishmalar to‘xtatilgandi. Hozirda, qazishma ishlari yana boshlab yuborilgan.
O‘tgan haftada tuman hokimi nuroniylar va faollar hamrohligida tarixiy yodgorlikda olib borilayotgan qazishma ishlari bilan tanishib, arxeologlar bilan suhbat o‘tkazdi.
Suhbat davomida, bu kabi qadimiy topilmalar xalqimizning madaniy merosi ekanligi taʼkidlanib, tuman rahbariyati tomonidan har qanday qonun doirasidagi yordamlar ko‘rsatilishi aytildi.
Shuningdek, qazishma ishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida shtab faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ham ilgari surildi.

